Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari markazlari orqali 31 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi (to‘liq jadval)

Davlat xizmatlari markazlari orqali 31 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi (to‘liq jadval)

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi «Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, fuqarolarga va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, 2018-yil 1-iyundan boshlab bir qator tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari orqali tajriba tariqasida quyidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish joriy etiladi:

T/r

Davlat xizmatlarining nomlanishi

Xizmatlar iste’molchilari

1.

Tug‘ilganlikni qayd etish

Jismoniy va yuridik shaxslar

2.

O‘limni qayd etish

Jismoniy va yuridik shaxslar

3.

FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

4.

Takroriy guvohnomalar berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

5.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini tiklash

Jismoniy shaxslar

6.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish

Jismoniy va yuridik shaxslar

7.

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish

Jismoniy shaxslar

8.

Notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

9.

Sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

10.

Milliy haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish*

Jismoniy shaxslar

11.

Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish

Jismoniy shaxslar

12.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma

Jismoniy shaxslar

13.

Mehnat organlarida fuqarolarni ishsiz sifatida ro‘yxatga olish

Jismoniy shaxslar

14.

Ishsizlik nafaqasini tayinlash

Jismoniy shaxslar

15.

Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish uchun ariza berish

Jismoniy shaxslar

16.

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

17.

Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

18.

Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish

Yuridik shaxslar

19.

Jismoniy shaxs — soliq to‘lovchining soliq va boshqa to‘lovlardan qarzi yo‘qligi (borligi) haqida ma’lumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

20.

Jismoniy shaxslarga STIR berish

Jismoniy shaxslar

21.

Noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha kadastr xizmatini ko‘rsatish

Jismoniy va yuridik shaxslar

22.

Turar joy toifasidagi ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha kadastr xizmatini ko‘rsatish

Jismoniy va yuridik shaxslar

23.

Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

24.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)

Jismoniy shaxslar

 

 

 

25.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish (hisoblagich) uskunasini o‘rnatishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

26.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni yechishga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

27.

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suvni hisobga olish uskunasi (hisoblagich)ni qiyoslashga ariza berish

Jismoniy va yuridik shaxslar

28.

Fuqarolarga farzand tug‘ilganda to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun murojaat qilish

Jismoniy shaxslar

29.

Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun to‘lanadigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun murojaat qilish

Jismoniy shaxslar

30.

Pensiya va nafaqa oluvchilari ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

31.

Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

Jismoniy shaxslar

* Izoh: hozirgi kunda haydovchilik guvohnomalarining yangi namunalarini berish yoki almashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Uchtepa, Shayxontohur tumanlari va Namangan shahar Davlat xizmatlari markazlarida joriy etilgan.

2018-yil 1-iyundan e’tiboran Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Do‘stlik, Pastdarg‘om, Sirdaryo, Chirchiq, Xonqa tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida ham ushbu turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish joriy etilishi belgilangan.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring