Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlarning o‘rtacha yoshi va millati haqida ma’lumot berildi

Deputatlarning o‘rtacha yoshi va millati haqida ma’lumot berildi

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish avvalida Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlar borasida Qonunchilik palatasiga axborot berib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov qonun talablari va xalqaro saylov standartlariga mos tarzda, yuksak uyushqoqlik va siyosiy partiyalar raqobati ostida o‘tkazildi.

Caylovlar natijasida qonunchilik palatasiga o‘tgan deputatlarning o‘rtacha yoshi 46 yoshdan iborat. Ulardan 51 nafari ilk marta saylandi.

32 nafar deputat fan va ta’lim sohasida faoliyat olib borsa, yana 21 deputat huquqshunoslardan iborat. Shuningdek qonunchilik palatasi tarkibida boshqa soha vakillari ham bor.

Saylov natijasida Qonunchilik palatasiga o‘zbek millatiga mansub deputatlar bilan bir qatorda qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, koreys millatiga mansub deputatlar saylandi.

Saylov targ‘iboti doirasida 40 mingdan ziyod materiallar e’lon qilindi», — deydi Markaziy saylov komissiyasi raisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring