Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Duterte: «Hozir urushga kirsam, qonli qirg‘in boshlanadi»

Duterte: «Hozir urushga kirsam, qonli qirg‘in boshlanadi»

Foto: «AP Photo / Bullit Marquez»

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte dushanba kuni mamlakat parlamentida so‘zlar ekan, Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy mojaro yuzasidan Xitoy bilan urush ehtimolini baholadi.

«Xitoy bilan qanday kurashamiz, qurolimiz bormi?» — dedi prezident. Uning nutqi mahalliy ommaviy axborot vositalarida jonli va onlayn translyasiya qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tahdid tug‘ilsa, AQSh Filippinni himoya qilishga va’da bergan, ammo harbiy harakatlar uchun amerikaliklarga Kongress qarori kerak bo‘ladi.

«Hozir urushga kirsam, qonli qirg‘in boshlanadi», — deb ta’kidladi Duterte.

Shu bilan birga, Filippin yetakchisi pandemiya boshlanganda, u birinchi bo‘lib Xitoy rahbariga qo‘ng‘iroq qilganini yodga soldi.

2013-yilda Filippin Benigno Akvino ma’muriyati davrida Gaagadagi hakamlik sudida Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da’volariga qarshi chiqishdi. 2016-yilda sud Spratli arxipelagining (xitoycha nomi — Nansha) bahsli hududlari orol emas va mutlaqo iqtisodiy zonani tashkil etmasligi to‘g‘risida qaror chiqardi.

O‘z navbatida, Pekin Gaaga arbitraj sudining qarorini tan olmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring