Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX 2 qop dollarni to‘xtatib qoldi

DXX 2 qop dollarni to‘xtatib qoldi

Joriy yilning 22 iyun kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi hududida xizmat o‘tayotgan DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari katta miqdordagi xorijiy valyuta noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ygan.

Xususan, Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro A.D. ikkita polietilen qopda bo‘lgan 1 mln. AQSh dollarini Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring