Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dzyudochilarimiz «Katta dubulg‘a»dagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Dzyudochilarimiz «Katta dubulg‘a»dagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Foto: MOQ matbuot xizmati

O‘zbekistonlik dzyudochilar Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan nufuzli «Katta dubulg‘a» turnirida ishtirok etayotgan edi.

Musobaqaning birinchi kungi bahslarida vakillarimiz Diyorbek O‘rozboyev va Doston Holiqulov imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-73 kg. vazn toifasida janglarda ishtirok etgan hamyurtimiz G‘iyosjon Boboyev ilk jangida latviyalik Dmitris Fedosejenkovsga qarshi gilamga chiqdi va g‘alaba qozondi. Ikkinchi to‘qnashuvda esa u Mo‘g‘uliston vakili Bayartuvshin Sanjmyatavga kurash olib bordi. Afsuski, ushbu jangda hamyurtimiz mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, dzyudochilarimiz Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan «Katta dubulg‘a»dan medalsiz qaytadigan bo‘ldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring