YChL. Pley-off: «Qorabog‘» ertagi tugadi, «Budyo» esa yana bir nahangni ovladi
«Nyukasl» futbolchisi Entoni Gordon golini nishonlamoqda.
Yevropa Chempionlar ligasida 2025/2026-yilgi mavsumning pley-off bosqichi davom etmoqda. 18 fevral oqshomi kutilmagan natijalar va gollarga boy uchrashuvlar bilan esda qoldi.
«Qorabog‘» ertagiga yakun yasaldi — Entoni Gordonning to‘rtta goli inglizlarning safardagi yirik g‘alabasini ta’minladi. «Budyo» ertagi esa davom etmoqda — shimoliy qutbliklar bu safar Italiya gigantini tiz cho‘kdirishdi. Leverkuzenliklar Yunonistondan ishonchli g‘alaba bilan qaytishgan bo‘lsa, Bryuggedagi otishmada tomonlar durangga imzo chekishdi.
YChL. PLEY-OFF 1/8 finalga o‘tish bosqichi
Qorabog‘ — Nyukasl 1:6
Gollar: Jafarguliyev (55) — Gordon (3, 32 penalti, 33, 45+1 penalti), Tiau (8), Merfi (72).
Budyo-Glimt — Inter 3:1
Gollar: Fet (20), Hauge (61), Hyog (64) — Espozito (30).
Bryugge — Atletiko Madrid 3:3
Gollar: Onidika (52), Tresoldi (60), Solis (89) — Alvares (8, penalti), Lukman (45+4), Ordonez (79, penalti).
Olimpiakos — Bayer 0:2
Gollar: Shik (60, 63).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter