Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Emirates» aviakompaniyasi samolyot ekipaji faqat ayollardan iborat birinchi reysni amalga oshirdi

«Emirates» aviakompaniyasi samolyot ekipaji faqat ayollardan iborat birinchi reysni amalga oshirdi

Foto: RIA Novosti

«Emirates» aviakompaniyasining faqat ayollardan tashkil topgan ekipaji ilk reysini San-Fransiskoga amalga oshirdi. Bu haqida «Gulf News» ma’lumotiga asoslanib «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Ekipaj komandiri va katta uchuvchi Kanada va Buyuk Britaniyadan bo‘lgan. Ayollar reysdagi barcha jarayon: yuklar bilan bog‘liq operatsiyalar, xavfsizlikni tekshirish va boshqa ishlarni bajarishdi. «Superwoman Flight» nomli EK 225 reysini amalga oshirishda 25 millat vakili bo‘lgan 75 nafar ayol ishtirok etgan.

«Emirates» aviakompaniyasi xizmatchilarining 40 foizi ayollardir, ularning ko‘pchiligi styuardessalik qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring