Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026-yilning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingi tuzildi

2026-yilning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingi tuzildi

Foto: AirlineRatings

AirlineRatings portali 2026-yilning eng xavfsiz aviakompaniyalarini aniqladi. Reyting sayt kuzatib borayotgan 320 ta aviakompaniya ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Reyting quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tuzildi:

  • reyslarning umumiy soniga nisbatan kuzatilgan favqulodda holatlar soni;
  • flotning yoshi;
  • uchuvchilarni tayyorlash;
  • xalqaro xavfsizlik tekshiruvlari.

«Top-25 ga kirgan barcha aviakompaniyalar aviatashuvlar bo‘yicha jahon yetakchilari hisoblanadi va ularning xavfsizlik darajasidagi tafovut uncha katta emas», — dedi AirlineRatings rahbari Sharon Petersen.

Dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari (top-25):

  1. Etihad
  2. Cathay Pacific
  3. Qantas
  4. Qatar
  5. Emirates
  6. Air New Zealand
  7. Singapore Airlines
  8. EVA Air
  9. Virgin Australia
  10. Korean Air
  11. STARLUX
  12. Turkish Airlines
  13. Virgin Atlantic
  14. ANA
  15. Alaska Airlines
  16. TAP Air Portugal
  17. SAS
  18. British Airways
  19. Vietnam Airlines
  20. Iberia
  21. Lufthansa
  22. Air Canada
  23. Delta
  24. American Airlines
  25. Fiji Airways
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring