Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi bolalar bilan bog‘liq ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtirok etishi shart

Endi bolalar bilan bog‘liq ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtirok etishi shart

Foto: Xabar.uz

Endilikda voyaga yetmagan shaxslar ishtirokidagi ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rish jarayonida pedagog yoki psixologning ishtirok etishi majburiy etib belgilanmoqda. Maqsad – voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda.

Bu voyaga yetmaganlarning ruhiy holatini inobatga olish, ularga nisbatan bosim o‘tkazilishining oldini olish va xalqaro standartlarga mos ravishda bola manfaatlarini himoya qilish kafolatini yaratadi.

Avvalroq bolalar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilganda huquq-tartibot organlari xodimlari bu haqda Bolalar ombudsmaniga xabar berishlari kerakligi belgilangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring