Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi fohishaxonaga borganlar ham jazolanadi

Endi fohishaxonaga borganlar ham jazolanadi

Foto: Sverdlov IIB

Adliya vazirligi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fohishaxonaga jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida borgan shaxslarga jazo belgilash to‘g‘risidagi moddani kiritish taklif qilinmoqda.

Kodeksda taklif etilayotgan moddaga ko‘ra, «Jinsiy ehtiyojini qondirish maqsadida fohishaxonaga borgan shaxs eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarimaga tortiladi».

Hozirda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda fohishalik bilan shug‘ullanish eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi, xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

Qonunchilikka taklif etilgan o‘zgartirish joriy yilning 2-apreliga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘lib, so‘ngra Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va 1-maydan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring