Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi mol va qo‘ylarga tug‘ilganidan ikki hafta o‘tmasdan «pasport» olish kerak bo‘ladi

Endi mol va qo‘ylarga tug‘ilganidan ikki hafta o‘tmasdan «pasport» olish kerak bo‘ladi

Joriy yil 6-avgust kuni qabul qilingan «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi O‘RQ–1079-son qonun bilan O‘zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) ko‘paytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda ro‘yxatga olinishi kerakligi belgilandi.

Bunda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:

qoramol, ko‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kundan keyin;

otlar – tug‘ilganidan 4 oydan keyin;

cho‘chqalar tug‘ilganidan – 1 oydan keyin;

itlar va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oydan keyin.

Bunda hayvonlar ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.

Saqlash va (yoki) ko‘paytirish maqsadida O‘zbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e’tiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring