Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi

«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi

Illyustrativ foto

«Soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish va faol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan «Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi joriy etiladi.

G‘oliblar quyidagi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi:

  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’yektlari tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar soni;
  • har 1 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan to‘langan soliqlar miqdori;
  • mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining to‘langanlik darajasi.

«Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» nominatsiyasi g‘oliblari uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:

  • tashabbusli budjet doirasida ketma-ket 2 marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar uchun navbatdagi 2 ta mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyatini cheklash qoidasi qo‘llanmaydi;
  • loyihalarni sheriklik asosida moliyalashtirishda ushbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalashtirilgan taqdirda, loyiha g‘olib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi;
  • belgilangan mezonlar asosida har yili birinchi 100 talikka kirgan eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarning har biriga Davlat budjetidan 2 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ tegishlicha Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga ajratiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring