Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Iroqda ham harbiy operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmayapti

Erdo‘g‘on Iroqda ham harbiy operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmayapti

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on — Turkiya prezidenti.

Foto: «Journalmallorca.com»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Afrin shahrining ozod qilinishini «Zaytun novdasi» operatsiyasining asosiy bosqichi deb atadi. Uning aytishicha, turk harbiylari Afrinni qo‘lga kiritgach ham o‘z harakatlarini to‘xtatmaydilar.

«Operatsiyalar Turkiyaning Suriya bilan chegarasi terrorchilardan to‘la tozalangunga qadar davom etadi», — deya ta’kidlagan Turkiya rahbari.

«Anadolu» agentligining ma’lumot berishicha, shu asnoda u kelajakda Iroqda ham antiterror operatsiyalarini o‘tkazishni ham istisno qilmayapti. «Turkiya harbiy kuchlari Iroqning Sinjor tumanidagi kurd terrorchilariga qarshi istagan vaziyatda harbiy harakat boshlashlari mumkin», — degan Erdo‘g‘on.

18-mart kuni Turkiya prezidenti Afrin shahrining terrorchi kurdlardan ozod qilinganini  ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring