Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on rasman navbatdagi prezidentlik sayloviga nomzod bo‘ldi

Erdo‘g‘on rasman navbatdagi prezidentlik sayloviga nomzod bo‘ldi

Turkiyaning amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rasman navbatdagi prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘ydi. Bu haqda BirGün gazetasi yozmoqda.

Oliy saylov kengashiga Erdo‘g‘on nomzodi Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AKP) va Respublikachilar alyansi tarkibiga kiruvchi Millatchi Harakat partiyasi (MHP) vakillari tomonidan ko‘rsatilgan.

Mart oyi boshida Erdo‘g‘on 2023 yil 14 mayga belgilangan prezidentlik va parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash haqidagi farmonni imzolagan edi.

Turkiyada 18 nafar siyosatchi oliy davlat lavozimi uchun kurash olib borish rejalarini ma’lum qilgan. Erdo‘g‘onning asosiy raqibi «Jumhuriyat Xalq» partiyasi raisi Kamol Qilichdoro‘g‘li bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, prezidentlik saylovida g‘alaba qozonish uchun davlat rahbari lavozimiga nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi kerak. Agar birinchi turda nomzodlar 50 foizdan kam ovoz to‘plasa, ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadi, unda birinchisida eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan ikki nomzod ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring