Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Rossiya tomonidan ayirmachi respublikalar tan olinishiga munosabat bildirdi

Erdo‘g‘on Rossiya tomonidan ayirmachi respublikalar tan olinishiga munosabat bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Ukrainaga tegishli bo‘lgan Donetsk va Lugansk hududlarini alohida respublika sifatida tan olish haqidagi farmonga imzo chekdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on buni qabul qilib bo‘lmas holat deb atadi va tomonlarni sog‘lom tafakkurga quloq solish va xalqaro huquq me’yorlarini himoya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi ham ushbu hodisa yuzasidan bayonot bergan edi.

«Rossiya Federatsiyasining «Donetsk va Lugansk deb atalayotgan respublikalarni tan olish to‘g‘risida»gi qarori Minsk kelishuvlariga zid, shuningdek, Ukrainaning siyosiy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi. Biz Rossiyaning bu qarorini nomaqbul deb ataymiz va uni rad etamiz», – deyiladi bayonotda.

Rasmiy Anqara yana bir karra Ukrainaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini saqlashga sodiqlik izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Qrim yarim orolining Rossiya tomonidan anneksiya qilinganini ham tan olmagan.

Avval xabar berganimizdek, Ukrainaga tegishli bo‘lgan hududlarning alohida respublika sifatida tan olinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham tanqidiy qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring