Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Suriyada aksilterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi

Erdo‘g‘on Suriyada aksilterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriya shimolida quruqlikdagi aksilterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Turkiya davlat rahbari Istanbuldagi olti kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktga, shuningdek, Suriya hududidan mamlakatning chegaradosh hududlarini o‘qqa tutib, ikki tinch fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, tergov davomida Turkiyadagi terakt tashkilotchilari Suriya hududida faoliyat yuritgan terrorchilar ekanligi aniqlangan.

Turkiya davlat rahbari so‘nggi yillarda chegaradosh Hatay, Gaziantep, Kilis, Shanliurfa va Shirnak viloyat hududlari 764 marta raketa va minomyotlardan o‘qqa tutilganini, buning natijasida 32 nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘lgani, yana 261 nafari yaralanganini eslatdi.

«Turkiya hududida terrorchilik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarining zaiflashishi fonida PKK jangarilari mamlakatimizning chegaradosh aholi punktlarini o‘qqa tutmoqda. Agar 2015 yilda terrorchilar Turkiyada 26 ta terakt uyushtirgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 2-3 taga kamaydi», – deydi Erdo‘g‘on.

Turkiya rahbari mamlakat uchun eng munosib vaqtda quruqlikda aksilterror operatsiyasini boshlaganini ta’kidladi.

«Havo kuchlari, artilleriya va zarba beruvchi uchuvchisiz samolyotlar ishtirokidagi aksilterror operatsiyalari boshlandi. Bu faqat boshlanishi!», – dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring