Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerga besh asteroid yaqinlashmoqda — NASA

Yerga besh asteroid yaqinlashmoqda — NASA

Foto: «Depositphotos»

NASA shu haftada Yerga yaqinlashadigan besh asteroid haqida xabar berdi. Shulardan ikkitasi Oydan ham yaqinroq masofadan o‘tadi, deyiladi xabarda.

Asteriodlarning uchtasi 16-dekabr kuni (G‘arbiy yarimsharda 16-dekabr davom etyapti — tahr.) yaqinlashishi aytilgan. Ularning diametrlari 10 metrdan 24 metrgacha. Bularning Yerga eng yaqinlashadigani 343 ming kilometr olisdan o‘tib ketadi, deyilgan xabarda.

Ammo yana ikkita asteroid qolyapti: biri 6,8 metr, ikkinchisi 30 metr diametrga ega. Ularning «tashrifi» 18-dekabr, ya’ni ertaga to‘g‘ri keladi. Asteriodlarning kichigi Yerga 57,1 ming kilometrgacha yaqin kelishi kutilyapti, kattasi esa ancha olis — qariyb 7 million kilometr naridan o‘tib ketadi.

Ma’lumot uchun: Yerdan Oygacha masofa — 384,4 ming km., Quyoshgacha — 150 mln. km.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring