Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerning aylanish tezligi kecha soatiga 3600 kilometrga sekinlashdi

Yerning aylanish tezligi kecha soatiga 3600 kilometrga sekinlashdi

Foto:«Outer Places»

Quyoshdan eng uzoq nuqta – afeliy(Quyosh atrofida aylanadigan jismning quyoshga eng uzoq nuqtasi)ga yaqinlashgan Yer sharining tezligi kecha soatiga 3600 kilometrga sekinlashdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Quyoshga eng yaqin nuqta – perigeliy(Quyosh atrofida aylanadigan jismning quyoshga eng yaqin nuqtasi)da Yer shari soatiga 105444 kilometr tezlikda aylanadi.

Yer shari kecha Toshkent vaqti bilan 18:46 da Quyoshdan eng uzoq nuqtaga yetib bordi. Bu nuqtada Yerning tezligi soatiga 3600 kilometr qisqardi.

Kepler qonuniga ko‘ra, sayyoralar Quyosh atrofidagi orbitasida Quyoshga yaqinlashgach, tez harakatlanadi. Yer Quyoshga yaqin nuqtada soatiga 105444 kilometr tezlikda harakat qiladi. Shu bois Yerning tezligi afeliy nuqtasida perigeliy nuqtasiga nisbatan soatiga 3600 kilometrga sekinlashadi.

Afeliy nuqtasida Yer Quyoshdan 152 million kilometr uzoqda bo‘ladi.

Perigeliy nuqtasida esa Yer va Quyosh o‘rtasidagi masofa 147 million kilometrga teng bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring