Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron Saudiya Arabistonidagi AQSh elchixonasi majmuasiga zarba berdi

Eron Saudiya Arabistonidagi AQSh elchixonasi majmuasiga zarba berdi

AQShning Washington Post nashri ma’lumotiga ko‘ra, Eronga tegishli ekanligi aytilayotgan dron Saudiya Arabistonidagi AQSh elchixonasi majmuasini nishonga olgan.

Nashrning ikki manbaga tayanib xabar berishicha, zarba AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) faoliyatiga aloqador ob’yekt joylashgan hududga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, ikki uchuvchisiz apparat Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi majmuasiga tushgan. AQSh va Saudiya Arabistoni hukumatlari hujumni tasdiqlagan, ammo u yerda razvedka markazi nishonga olingani haqida rasmiy izoh bermagan.

Washington Post bu hujumni Eron uchun muhim natija sifatida baholagan.

Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasi bugun «obektga qilingan hujum» tufayli barcha konsullik uchrashuvlarini bekor qilganini e’lon qildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring