Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farangiz Rejametova YTH qurboni bo‘ldi

Farangiz Rejametova YTH qurboni bo‘ldi

Foto:«Ok.ru»

Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro o‘zining Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

«U kichkinaligidanoq juda mustaqil qizaloq edi. Ko‘zlarida bir dunyo orzu-umidlar bor edi. E xudo...Fotima Rejemetova..onasi..o‘sha bir hafta ilgari ularning xuddi dugonalardek bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rib havas qilgandim. Ichimda «Fotima qiziga juda suyanib qolibdi»-deya o‘ylaganlarim esimda. Fotimaga tog‘dek sabr tilayman. Bu dardni yengish og‘ir...hech kim bolam demasin..Bu oilani taniganlar, ertaga Farangizni soat 13-00da so‘nggi yo‘lga kuzatishar ekan. Farangizjon, hur qizim..joylaring jannatda bo‘lsin!

Rulda ketayotib, dunyo qo‘limda deb o‘ylaydiganlar, xudo sizga insof bersin! Bir oilani to‘zg‘itib ketganingizni bilasizmi? Agar siz rulda xushyorroq bo‘lganingizda, Farangiz hozio uyida shirin tushlar ko‘rib uxlab yotgan bo‘lar edi..» deya yozgan jurnalist.

Tahririyatimiz nomidan Farangiz Rejametovaning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring