Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan chaqaloq jasadi topildi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan chaqaloq jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida chaqaloq jasadi topilganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 28 noyabr kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududida yer maydoniga homila ko‘mib ketilganligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida, homila o‘g‘il bola jinsiga mansub 3-4 oylik ekanligi keltirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring