Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada molxonada giyohvandlik moddasi asragan fuqaro aniqlandi. U besh yilga qamalishi mumkin

Farg‘onada molxonada giyohvandlik moddasi asragan fuqaro aniqlandi. U besh yilga qamalishi mumkin

Foto: Farg‘ona IIB matbuot xizmati

Farg‘ona tumanida 11-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.M.ning yashash xonadoni molxonasida 4 ta qopda «Ko‘knor somoni» giyohvandlik moddasi saqlab kelinayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxs, qonunchilikka binoan, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Avvalroq IIV Sirdaryoda ona o‘z bolasini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring