Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada is gazi sabab ikki kishi vafot etdi

Farg‘onada is gazi sabab ikki kishi vafot etdi

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

25-fevral kuni Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 18 yoshli F.M. (ayol) o‘z uyiga o‘rnatilgan sandalning tutashi oqibatida is gazidan zaharlanib, kuyishi natijasida vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.     

Bundan tashqari, soat 13:00larda Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 38 yoshli M.X. va turmush o‘rtog‘i G.Q.,lar yashash xonadonida is gazidan zaharlanishi natijasida M.X. hodisa joyida vafot etgan. G.Q. davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring