Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forish»da O‘zbekiston—Buyuk Britaniya harbiylari mashg‘ulot o‘tkazmoqda

«Forish»da O‘zbekiston—Buyuk Britaniya harbiylari mashg‘ulot o‘tkazmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

28-iyun kuniga qadar Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Forish» tog‘ poligonida O‘zbekiston—Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vakillari bilan hamkorlikdagi taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiya departamenti xabar berdi.

Unda Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlaridan tashrif buyurgan 30 nafardan ziyod harbiylar hamda O‘zbekiston maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari ishtirok etmoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Hozirda hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari davomida shahar va cho‘l hududida shartli dushman o‘rnashgan bino yoki joyga seksiya va guruh tarkibida kirib borish, qurshab olish, hujumga o‘tish taktikasi ko‘rib chiqilyapti.

Shuningdek, mashg‘ulotlarni Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston elchixonasidagi harbiy attashesi podpolkovnik Endryu Strefford va Maksim Kudryasev, malakali yo‘riqchilar Kurtis Kane, Pankin Brentobin va boshqalar bevosita kuzatib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring