Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyadagi namoyishlardan so‘ng benzin narxi oshmaydigan bo‘ldi

Fransiyadagi namoyishlardan so‘ng benzin narxi oshmaydigan bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

Fransiyada yoqilg‘i solig‘i oshmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

«Yoqilg‘i solig‘i oshishi yarim yilga to‘xtatilgani e’lon qilingach, Yelisey saroyi narx oshishi 2019 yilning oxirigacha bekor qilinganini ma’lum qildi»,- deyiladi «BFMTV» telekanali xabarida.

Avvalroq Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp ommaviy namoyishlarga javoban hukumat benzin va dizel yoqilg‘isi narxini 6 oy oshirmaslikka qaror qilganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada benzin narxi oshishiga qarshi o‘tkazilgan «sariq nimchalilar» namoyishi 17 noyabrda boshlangan edi.

Ommaviy namoyishlar natijasida politsiya bilan to‘qnashuvlar, mashinalarning yoqilishi, do‘konlar va banklarning buzilishi kabi holatlar sodir bo‘ldi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jarohatlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring