Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Futbol bo‘yicha jahon chempioni vafot etdi

Futbol bo‘yicha jahon chempioni vafot etdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi va futbol bo‘yicha jahon chempioni Rojer Xant 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Futbolchining o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan. 2006-yili Xant Angliya futbol shon-sharaf zaliga kiritilgan. Sobiq sportchi 11 yil davomida to‘p surgan «Liverpul» muxlislari orasida juda mashhur edi. Mersisaydliklar muxlislari inglizning ritsarlik unvoni yo‘qligiga qaramay, uni «Ser Rojer Xant» deb atashgan.

Xant 1962-yildan 1969-yilgacha Angliya terma jamoasida 34 ta o‘yinda maydonga tushgan va 18 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. 1966-yilda futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.

«Liverpul»dagi 11 yillik faoliyati davomida Xant 492ta o‘yin o‘tkazgan va 285ta gol urgan. U Angliya chempionatida ikki marta va kubokda bir marta g‘alabaga erishgan. 1972-yilda jamoani tark etgach, u «Bolton Uonderers»ga o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring