Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Grigoriy Leps konserti uchun sotilgan chiptalar pulini kim qaytarib beradi?

Grigoriy Leps konserti uchun sotilgan chiptalar pulini kim qaytarib beradi?

Foto: «Sputnik»

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi «Master Show» MChJ tomonidan poytaxtimizning «Istiqlol» san’at saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Grigoriy Lepsning yakkaxon konsert dasturi joriy yilning 26-mart kuni o‘tkazilmasligini ma’lum qiladi.

Muassasa axborot xizmatining xabariga ko‘ra, chiptalarni qaytarish va boshqa ma’lumotlar yuzasidan «Master Show» MChJning 200-76-67 yoki (97) 753-40-04 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qillish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Lepsning Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti ketma-ket ikkinchi marta qoldirilgani, tashkilotchilar esa hech qanday rasmiy ma’lumot bermayotgani haqida maqola yozgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring