Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gugurt qutisida nechta cho‘p bo‘lishi kerak?

Gugurt qutisida nechta cho‘p bo‘lishi kerak?

Davlat standarti bo‘yicha cho‘plar soni nechta bo‘lishi kerak.

Foto: «Olx.uz»

Savolim juda oddiy tuyilishi mumkin, ammo ko‘pchilik uchun qiziqarli deb o‘ylayman. Yaqinda do‘kondan gugurt sotib olgan edim. Qutini ochib ko‘rsam, cho‘plari ozdek tuyildi. Erinmay sanasam 36 ta chiqdi. Davlat standarti bo‘yicha cho‘plar soni nechta bo‘lishi kerak?

Shahnoza Egamberdiyeva,
Buloqboshi tumani.

Savolga O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktor o‘rinbosari Jasur Shukurov javob beradi

— O‘zbekiston respublikasi hududida gugurt mahsulotiga qo‘yilgan talablarni o‘z ichiga qamrab olgan davlatlararo standart — GOST 1820-2001 «Spichki. Texnicheskiye usloviya» amal qiladi. Uning talablariga asosan, qutida o‘rtacha 40-60 tagacha gugurt donalari joylashtirilishi mumkin.


«Ma’rifat» gazetasidan olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring