Hamkasbiga intim munosabat taklif qilgan direktor ishdan haydaldi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ish berish evaziga hamkasbiga intim munosabat taklif qilgani eshitilgan audiosuhbati tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlik munosabatida mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda o‘rganilgani, maktab direktori boshqarma boshlig‘ining 2025 yil 16 oktyabrdagi buyrug‘i bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan.
«Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog maqomiga dog‘ tushiruvchi har qanday salbiy holatlarni qoralaydi va ularga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter