Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilikka o‘qiyotganlarning davomati onlayn nazorat qilinadi

Haydovchilikka o‘qiyotganlarning davomati onlayn nazorat qilinadi

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo‘lganlarning davomati va o‘quv jarayonini onlayn nazorat qilish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi. 

2021-yilda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXBB) sohasida amalga qator istiqbolli rejalar amalga oshirilishi kutilmoqda. Jumladan, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qiyotgan nomzodlar davomati va o‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Bundan tashqari, 2021-yilda transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda arizalarni onlayn yuborish ham joriy etilishi kutilmoqda. To‘lovlarni esa to‘liq billing tizimiga o‘tkazish mo‘ljallangan. Bu fuqarolarning sababsiz kutib qolishlarining oldini olishga yordam berishi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring