Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda ko‘chki oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda ko‘chki oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Hindiston janubiy-g‘arbida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kechadan beri davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli Kerala shtatining turli hududlarida ko‘chkilar kuzatilyapti.

«Ayni paytda biz Idukki okrugidagi ko‘chkilarda 16 kishining, Malappurameda 6 kishining, Vayanadeda esa bir kishining halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarga egamiz», – deyiladi mahalliy matbuot tarqatgan xabarlarda.

Noqulay ob-havo tufayli Kochin shahri aeroporti yopib qo‘yilgan.

Sinoptiklar yaqin kunlarda vaziyat o‘nglanmasligini ma’lum qilishgan.

Hukumat qurbonlar soni ortishidan tashvishda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring