Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hozir Yerdagi eng sovuq joy qayer?

Hozir Yerdagi eng sovuq joy qayer?

Verxoyansk.

Foto: Ilya Varlamov

2025-yil dekabr oyi boshida sayyoramizdagi eng sovuq mamlakat Rossiya bo‘lib turibdi, deb xabar berdi Gismeteo portali.

Portalga ko‘ra, gap so‘nggi kunlarda Yerning eng muzlagan nuqtasiga aylangan Verxoyansk shahri haqida ketmoqda.

«Hozir bu yerda sutka davomida havo harorati -50°C atrofida saqlanib turibdi. Solishtirish uchun: Rossiyaning Antarktikadagi «Vostok» stansiyasida hozir havo sovuqligi «atigi» -30°C. Qutbda joylashgan Verxoyanskda qahraton anomaliyasi boshlanganiga bir oydan oshdi. Noyabrda o‘rtacha harorat -39 darajani tashkil etib, shahar Rossiyadagi eng sovuq aholi maskaniga aylandi», deyishmoqda meteorologlar.

Agarda 2025-yil davomidagi eng sovuq joy nazarda tutilsa, minus haroratlar rekordchisi Antarktida. «Muz qit’a» ichkarisida havoning o‘rtacha harorati -56,7°C ni tashkil etdi. 2004-yilda bu yerda -98,6°C qayd etilgani sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatildi. Bu Yerdagi mutlaq minimum.

Ikkinchi o‘rinda yuqorida tilga olingan Verxoyansk hamda Yoqutistondagi Oymakon. Har ikki shaharda -67,8°C darajagacha harorat qayd etildi.

Uchinchi o‘rinda Yukon (Kanada).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring