Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar vaziri sayyor qabullarda 3 mingdan ortiq murojaatni hal etgan

Ichki ishlar vaziri sayyor qabullarda 3 mingdan ortiq murojaatni hal etgan

Foto: «Gazeta.uz»

«Sayyor qabullar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani fuqarolarga o‘z muammolari bilan bevosita davlat organlari rahbarlariga murojaat etish imkonini bermoqda. Muhimi, bunday tadbirlarda ko‘plab muammolar joyida hal etilayotir», — deb yozmoqda O‘zA.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov o‘tkazgan sayyor qabullarda jami 6 ming 67 nafar fuqaro qabul qilingan. Ulardan turli mazmundagi 3 ming 760 murojaat tushgan. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

Masalan, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi Gulzira Mo‘ydinova tanishi X. Abdulazizovga eshik yasab berishi uchun 600 dollar miqdorida pul berganini, ammo oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramasdan duradgor va’dasining ustidan chiqmaganligidan, boz ustiga, pulni qaytarmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, unga mablag‘i undirib berilgan.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Muhabbat Nasrullayeva esa sayyor qabulda qizi M. Boboyorova oliy o‘quv yurtiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirgani munosabati bilan unga bankdan 4 yil muddatga ta’lim krediti olishga yordam berishni so‘ragan. Ushbu murojaat ijobiy hal qilingan.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi opa-singillar Mavluda, Kamola va Shohida Hasanovalar ish bilan ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan. Mazkur murojaat nazoratga olinishi natijasida ular shu kunning o‘zida Guliston shahridagi «Bekteks» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring