Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«ICTWEEK Uzbekistan 2018»: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi

«ICTWEEK Uzbekistan 2018»: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 24-sentyabr kuni poytaxtning «International Trade Center» anjumanlar zalida o‘tkazilgan matbuot anjumanida «ICTWEEK Uzbekistan 2018» — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ochilishi rasman e’lon qilindi.

Oldin ta’kidlab o‘tilganidek, «ICTWEEK»ning asosiy maqsadi, o‘tgan yillardagidek, IT-sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilgan loyihalarni namoyish etish va muhokama qilishdan iborat.

«ICTWEEK Uzbekistan 2018» doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

Toshkent shahrida:

  • «ICTEXPO 2018» — axborot texnologiyalari an’anaviy yillik ko‘rgazmasi
  • «DIGITAL UZBEKISTAN» forumi
  • «Cyber Security and Digital Transformation» konferensiyasi
  • shuningdek, AKT haftligi doirasidagi boshqa tadbir va taqdimotlar.

Jizzax shahrida:

  • «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi
  • Mintaqaviy «ICTEXPO 2018» ko‘rgazmasi
  • 3i mintaqaviy forumi.

«ICTWEEK Uzbekistan 2018» AKT haftaligi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev nutq so‘zladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev Jizzaxda o‘tadigan tadbirlar haqida so‘zladi.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari Aleksandr Suchkov «DIGITAL UZBEKISTAN» forumi hamda «ICTEXPO 2018» ko‘rgazmasi ishtirokchilari haqida batafsil ma’lumot berdi.

ICTWEEK-2018 haftaligining muhim voqealaridan biri DIGITAL UZBEKISTAN forumi 26 sentyabr kuni «O‘zekspomarkaz»da bo‘lib o‘tadi.

Forum — bu axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish uchun noyob ekspert platformasidir.

Forumda qarama-qarshiliklar tahlil qilinadi, uning rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Tadbirda davlat organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilot rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.

«ICTWEEK» haftaligining eng muhim tadbirlaridan biri 26—28-sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «ICTEXPO 2018» axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi va Jizzax shahrida 26-27-sentyabr kunlari o‘tkaziladigan mintaqaviy ko‘rgazmadir.

«ICTEXPO 2018»da axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi.

Ushbu ko‘rgazmada IT-sohasidagi so‘nggi tendensiyalarga ixtisoslashgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar: mobil aloqa operatorlari, sotuvchilar, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar, tizim integratorlari va boshqalar ishtirok etadi.

AKT haftaligi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi. Tashkilotchilar — «ICTNEWS Conferences» («CIB GROUP» MChJ) va O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi (Jizzax sh.).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring