Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB xodimlari TATUda AKT bo‘yicha bilimlarini oshiradi

IIBB xodimlari TATUda AKT bo‘yicha bilimlarini oshiradi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Foto: «uz24.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qarorga ko‘ra, jinoyatlarga choralar ko‘rish va ularni fosh etishda, birinchi navbatda, tezkorlik va muvofiqlashgan hamkorlikni ta’minlash maqsadida Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlarini «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksi imkoniyatlaridan keng foydalanishga yo‘naltirish belgilangan.

Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti negizida Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarida eng yangi, shu jumladan, «Xavfsiz shahar» apparat-dasturiy kompleksidan samarali foydalanish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan maxsus o‘quv dasturlari tashkil etish vazifasi topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring