Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy tarmoqda giyohvandlik vositasini sotganlar qo‘lga tushdi

Ijtimoiy tarmoqda giyohvandlik vositasini sotganlar qo‘lga tushdi

Xorazm viloyatida internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar fuqaroga 0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga kelishib, giyohvandlik vositasini BOT tomonidan taqdim qilingan geolokatsiya bo‘yicha Urganch tumani, «Killavut» mahallasidagi uy oldida qoldirib, evaziga 224,4 ming so‘mni fuqaro Ya.G.ning bank kartasiga o‘tkazib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring