Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inha universitetida IT-inkubatsiya markazi ochildi

Inha universitetida IT-inkubatsiya markazi ochildi

Foto: Inha universiteti

Bugun, 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IT-inkubatsiya markazi ochildi.

Markaz ochilishida IT-Parkning yordami katta bo‘ldi. Tantanali marosimda turli vazirlik va davlat idoralari rahbarlari, xalqaro va mahalliy universitet rektorlari, yetakchi xususiy kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunkatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, «Dastruiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» MChJ direktori Farhod Ibragimov va boshqa mehmonlar so‘zga chiqib, universtet talablari va o‘qituvchilarini yangi markaz bilan tabriklashdi, markaz faoliyati samarali bo‘lishini tilashdi.

Shundan so‘ng IT-inkubatsiya markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Inkubatsiya markazi – bu universitetda IT sohasidagi loyihalarni tayyorlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar uchun iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda talab etiladigan innovatsion yechimlarni amalda tadbiq qilishga imkon yaratish maqsadida yoshlar startap-loyihalarini rivojlantirish uchun maydonchadir.

Ta’kidlanishicha, oliy ta’lim muassasalari qoshidagi inkubatsiya markazlari iqtidorli yoshlar o‘rtasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar sifati va sonini oshirish uchun zarur hisoblanadi. Inkubatsiya markazlari, o‘z navbatida, talabalar uchun original ilmiy-texnik g‘oyalarni amalga oshiruvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetining innovatsion ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar o‘zlarining innovatsion ishlanmalarini taqdim etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring