Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investitsiya qo‘mitasi xalqaro forumda g‘olib bo‘ldi

Investitsiya qo‘mitasi xalqaro forumda g‘olib bo‘ldi

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

2018-yil 9-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida an’anaviy «Annual Investment Meeting» (AIM) xalqaro investitsiyaviy forumi doirasida «AIM 2018 Investment awards» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘ldi.

«2017-yilda Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya mintaqasidagi eng yaxshi investitsion loyiha» nominatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi g‘olib bo‘ldi.

«Bu Prezidentimizning investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasidagi islohotlarining xalqaro e’tirofi va bahosidir. Barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman va yangi muvaffaqiyatlar tilayman!», deb xabar bergan Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring