Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iordaniya Podshohi O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunladi

Iordaniya Podshohi O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunladi

Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Kuni kecha davlat rahbarlari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Bugun bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.

Tadbirlar yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan Prezident Mirziyoyev Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring