Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi ma’lum bo‘ldi

Stokgolmdagi Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomini e’lon qildi. Mukofot amerikalik olimlar, jumladan Devid Kardga «mehnat iqtisodiyotiga empirik hissa qo‘shgani uchun», Joshua Angrist va Gvido Imbensga «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishda uslubiy hissasi uchun» berildi.

Nobel qo‘mitasining press -relizida iqtisodchilarning tadqiqotlari batafsil bayon etilgan.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, 2021-yilgi laureatlar ijodi ijtimoiy fanlar bo‘yicha empirik tadqiqotlarda inqilob qildi.

Kard minimal ish haqi, immigratsiya va ta’limning mehnat bozoriga ta’sirini tahlil qildi.

Angrist va Imbens tajribadan qanday sababiy xulosalar chiqarish mumkinligini ko‘rib chiqishdi; ular tomonidan ishlab chiqilgan usullar empirik kuzatish ma’lumotlari bilan ishlaydigan tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan.

O‘tgan yili bu yo‘nalishdagi mukofot amerikalik olimlar Pol Milgrom va Robert Uilsonga «auksionlar nazariyasini takomillashtirish va yangi auksion formatlarini ixtiro qilgani uchun» berilgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring