Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ITB O‘zbekiston maktablari uchun mablag‘ ajratadi

ITB O‘zbekiston maktablari uchun mablag‘ ajratadi

Islom taraqqiyot banki (ITB) O‘zbekistondagi maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ ajratadi.

Bu borada bugun, 22-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ITBning Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi ta’lim sho‘basi rahbari Muhammad Mirzai Kahagi, Ta’lim uchun global hamkorlik (GPE) tashkilotining hududiy rahbari Lina Benete hamda UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzadelar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida tomonlar ITB tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘dan foydalanishda asosiy vazifalar hamda rejalarni ham belgilab olishdi. Jumladan, O‘zbekistondagi ta’mirtalab maktablarda ta’mir ishlarini amalga oshirish, yangi maktablar va sportzallar qurishga mablag‘ ajratilishiga kelishib olindi.

Mazkur soha uchun GPE tomonidan ham qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda 10 104 ta maktabda jami 5,2 million o‘quvchi o‘rni mavjud bo‘lib, amalda ushbu maktablarda 6,3 million o‘quvchi tahsil olmoqda. Ta’mirtalab maktablar soni esa 1 250 tani tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring