JCh–2026 stadioni yonida dahshatli topilma aniqlandi
Meksikada Jahon chempionati o‘tadigan stadion yonidan inson qoldiqlari solingan 500 dan ortiq qop topildi.
Daily Star nashri xabar berishicha, inson tanasi parchalari solingan qoplar Xalisko shtatida joylashgan Estadio Akron stadioni yaqinidan aniqlangan.
Ushbu stadion 2026-yilgi futbol mundialining rasmiy maydonlaridan biri hisoblanadi. Tergov natijalariga ko‘ra, topilmalar stadiondan taxminan 16 kilometr radiusda joylashgan kamida 22 ta yashirin ommaviy qabr bilan bog‘liq.
Dastlab, Las-Aguxas tumanida turar joy binolari qurilayotgan paytda quruvchilar tanalar parchalari solingan plastik qoplarga duch kelgan.
El Pais nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Xalisko shtati Meksikada bedarak yo‘qolganlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. Faqat o‘tgan yilning yanvar–noyabr oylari orasida bu yerda 2483 ta shunday holat qayd etilgan.
Mutaxassislar mazkur holatlarni narkokartellar faoliyati bilan bog‘lamoqda. Xalisko shtati Xalisko kartelining (CJNG) asosiy tayanch hududi hisoblanib, ushbu guruh dunyodagi eng shafqatsiz jinoiy uyushmalardan biri sifatida tanilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter