Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi
Jahonga mashhur Xulio Iglesias o‘zining yubiley turnesini O‘zbekistondan boshlaydi, deb yozadi «MyDay».
Xonanda 10-sentyabr kuni Toshkentda konsert bergach, Dubay va Tel-Avivga yo‘l oladi.
13-oktyabrda esa «Xalqlar do‘stligi» saroyida yunon bastakori va dirijyori Yanni Xrisomallis konsert dasturi bilan mehmon bo‘ladi.
Yanni jahonning eng mashhur instrumental musiqasi ustalaridan biri hisoblanadi. Uning albomlari Yevropa xit-paradlarining kuchli yigirmataligidan o‘rin oladi. Taniqli san’atkor Londondagi «Royal Albert Hall» va Mexikodagi «Auditorio Nacional» kabi saroylarda konsert bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter