Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Sudanda yillab davom etgan urushga barham berildi

Janubiy Sudanda yillab davom etgan urushga barham berildi

Foto: «Haber7.com»

Janubiy Sudan muxolifati va hukumati betaraf hudud Efiopiyada o‘tkazilgan yig‘ilishda yarashib olishdi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Efiopiya poytaxti Addis Abebada o‘tkazilgan 33-Hukumatlararo taraqqiyot tashkiloti yig‘ilishida qatnashgan Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiyr Mayardit va muxolifat rahbari Riyek Machar yarashib oldi.

Janubiy Sudan 2011 yili Sudandan ajralib chiqib, davlat mustaqilligini e’lon qilgan edi.

Salva Kiyr Mayardit 2013 yil 16 dekabrda yordamchisi Riyk Macharni davlat to‘ntarishida gumonlab, ishdan bo‘shatganidan so‘ng mamlakat miqyosida ichki urush boshlanib ketgan edi.

«IGAD»(Hukumatlararo taraqqiyot tashkiloti) nazoratida olib borilgan sulh tuzish bo‘yicha uchrashuvlar natijasida 2015 yil 17 avgustda tomonlar murosaga kelishgan bo‘lsa-da, biroq Janubiy Sudan poytaxti Juba shahrida 2016 yil 8 iyuldan yana urush boshlangan edi.

Keyinchalik Sudan poytaxti Xartum shahrida «IGAD» nazorati ostida Sudan prezidenti Umar al-Bashir va Uganda prezidenti Yoveri Musaveni shafeligida tinchlik muzokaralari boshlandi. 2018 yil iyun oyida Salva Kiyr Mayardit va Riyk Machar sulh tuzishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mamlakatdagi ichki urush minglab kishilarning yostig‘ini quritdi, yana o‘n minglab kishilarni vatangado qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring