Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Sudanda 9 mln kishi ocharchilik yoqasida

Janubiy Sudanda 9 mln kishi ocharchilik yoqasida

Foto: İLKHA

Jahon bozorida oziq-ovqat narxi keskin oshishi hamda qurolli guruhlarning xatti-harakatlari oqibatida Janubiy Sudanning 9 millionga yaqin aholisiga bu yil ocharchilik xavf solmoqda. BMTning Janubiy Sudandagi missiyasi rahbari Nikolas Xeys bu haqda  bayonot berdi.

«Janubiy Sudan aholisining uchdan ikki qismi yoki 9 mln kishi, shundan 4,6 mln nafari bolalar — tirik qolish uchun ko‘makka muhtoj. Oziq-ovqat yetishmovchiligi mamlakatning turli nuqtalarini qamrab oladi», — dedi u Janubiy Sudan poytaxti Jubada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring