Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jasinda Ardern Kraysterchdagi masjidga tashrif buyurdi

Jasinda Ardern Kraysterchdagi masjidga tashrif buyurdi

Foto: «Associated Press»

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern bugun, 24-sentyabr kuni Kraystcherch (Janubiy orolda joylashgan shahar)ga tashrif buyurdi.

Kraysterchda 2019-yilning 15-mart kuni terakt sodir etilgandi: juma namozi payti 28 yoshli Brenton Tarrant Al-Nur masjidini o‘qqa tutishi oqibatida 51 inson halok bo‘lgan, 49 kishi jarohatlangandi.

Jasinda Ardern bugun ushbu masjidga kelib, o‘tgan yilgi mudhish jinoyat qurbonlari xotirasiga qurilgan yodgorlikni ochib berdi.

Foto: «Associated Press»

Ta’kidlash kerakki, Ardern xonim bugungi kunning eng taniqli va obro‘li davlat davlat rahbarlaridan sanaladi. Mamlakatda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma Jasinda Ardern bo‘lg‘usi saylovlarda ham g‘olib chiqib, ikkinchi muddatga Bosh vazirlikda qolishidan dalolat bermoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring