Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda maktab o‘quvchisi dars paytida vafot etdi. Prokuratura fojia sababini o‘rganmoqda

Jizzaxda maktab o‘quvchisi dars paytida vafot etdi. Prokuratura fojia sababini o‘rganmoqda

Illyustrativ foto

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi umumta’lim maktablarning birida joriy o‘quv yilining  birinchi kunida 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etganiga oid xabar taqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga  hodisa yuz berganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, darhaqiqat, kecha (2020 yil 16 sentyabr) Sharof Rashidov tumanidagi umumta’lim maktabining  9-sinf o‘quvchisi  Sh. S. (2005 yilda tug‘ilgan) dars vaqtida to‘satdan vafot etgan.

Hodisa darsning 3-soat, «Informatika» darsida yuz bergan bo‘lib, ushbu dars soat tugashiga 15 daqiqa qolganda hushidan ketgan.

Marhumaning holati ertalab maktabga kelganida yaxshi, tana harorati 36.8 bo‘lgan, antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.

Shu kuni maktabning 1-sinf o‘quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan Qishloq vrachlik punkti shifokorlari  Sh.S.ga birinchi yordam ko‘rsatishgan. Biroq, yordam ko‘rsatish vaqtida qizda hayot uchun hech qanday belgi ko‘rinmagan.

Dastlabki to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Sh.S.da surunkali kasallik, ekspertiza ko‘rigida uning tanasida biron-bir tan jarohati aniqlanmagan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, o‘quvchi qizning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo‘lgani aytiladi.

Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etmoqda, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring