Olimlar har uchinchi o‘lim sababini aytishdi

Yangi e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, dunyoda har uchinchi o‘limga yurak-qon tomir kasalliklari sababchi bo‘lyapti.
Tadqiqot 204 mamlakatdagi 1990–2023-yillarga doir ma’lumotlarni qamrab oldi.
Statistikaga ko‘ra, 1990-yilda yurak va qon tomir kasalliklaridan 13,1 million kishi vafot etgan, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 19,2 millionga yetdi. Aksariyat mintaqalarda erkaklarningbu kasalliklardan o‘lim darajasi ayollarga qaraganda yuqori.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir kasalliklari DALY ko‘rsatkichining asosiy omili hisoblanadi — bevaqt o‘lim yoki nogironlik tufayli sog‘lom hayot yillari yo‘qotilishiga eng ko‘p shu xastaliklar sababchi bo‘lmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kasalliklar omillarini 80 foizgacha oldini olish mumkin. Bular — semizlik, yuqori qon bosimi, qand va xolesterinning yuqori darajasi kabi omillar.
To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kasalliklarning rivojlanish ehtimolini kamaytirishda yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter