Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda yashirilgan ikki qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

Jizzaxda yashirilgan ikki qizaloq onasi bag‘riga qaytarildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashab kelgan oila turmushdagi kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketishdi. Ammo, afsuski, ayol ota uyiga qizlarisiz qaytishga majbur bo‘ladi.

Keyinchalik ona farzandlarini sog‘inib, ularni olib ketish umidida bir necha bor sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga bordi. Lekin har safar uni eshik oldidan qaytarishdi, hatto qizchalarni ko‘rishga ham ruxsat berishmadi…

Ona bu ayriliqqa chiday olmadi: sudga murojaat qildi. Sud qarori bilan bolalarni ona tarbiyasiga topshirish haqida ijro hujjati chiqarildi va MIBning Paxtakor tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Ijro harakatlari davomida esa qizchalar yashirilgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli qidiruv e’lon qilindi.

Boshqarma qidiruv sho‘’basi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qizchalar Toshkent shahrida, amakisining uyida ekani aniqlandi. Qizaloqlar keltirilib, onasi bag‘riga qaytarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring