Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«QS Global Education News» jurnalida ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi haqida maqola chop etildi

«QS Global Education News» jurnalida ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi haqida maqola chop etildi

Foto: Institut matbuot xizmati

Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan «QS Global Education News» xabarnomasida «TIIAME only Uzbek institution represented in QS EECA rankings (TIQXMMI —QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti)» sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalari to‘g‘risida maqola chop etildi. Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov xabar bermoqda.

Mana ikkinchi yildirki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dunyo universitetlari reytinglarini baholovchi xalqaro reyting agentliklari e’tirofida. 2019-yilda erishilgan yuqori natija O‘zbek OTMlari tarixida Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o‘rinda qayd etilishi bo‘ldi. Mazkur natija QS ning 2020-yilgi yillik hisoboti (Yearbook) da aks etgan.

Maqolada, TIQXMMIning QS EECA reytingidagi ishtiroki, reytingda 301-350 o‘rinda qayd etilishi to‘g‘risida, institutda yoshlarga yaratilgan global standartlar asosidagi yuqori sifatli ta’lim, ilmiy hamda akademik ishlar olib borish uchun to‘liq jihozlangan laboratoriyalar yoshlarni intellektual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarib, ularning kelajakda o‘z sohalarining professionallari bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida gap ketar ekan, institut rektori, Respublika Oliy ta’lim kengashining raisi Umurzakov O‘ktam Pardayevichning «pandemiya sharoitida ta’lim berishni bir daqiqaga ham to‘xtatmadik» degan so‘zlari keltirib o‘tilgan.

Aytish joizki, QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi, shu kungacha chop etilib kelinayotgan QS WOWNEWS jurnalining mantiqiy davomi bo‘lib, avgust oyida o‘zining birinchi sonini nashrdan chiqardi. Xabarnoma o‘z ichiga dunyo OTMlar yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilarning yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasida tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda laboratoriyalarning ochilishi kabi muhim yutuqlarni targ‘ib qilib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring